Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
Braziliya tabiatni muhofaza qilish va aholiga xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari Marselo Serra rafiqasini aldayotgani maʼlum boʻldi. Shundan soʻng u lavozimidan ozod etildi.
OAV orqali tarqalayotgan xabarlarga koʻra, Marselo Serra ayoliga xiyonat qilgan. Uning rafiqasi esa uni xiyonat vaqtida qoʻlga tushirgan.
Serra ishdan boʻshatilganidan soʻng “Daily Mail” nashri shahar meriyasi xodimlarining soʻzlaridan iqtibos keltirdi: “Shaxsiy maqsadlarda xizmat mashinalaridan foydalanish qatʼiyan man etiladi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring