Vaqt tezlashmoqda: Bizni 50 yil ichidagi eng qisqa yil kutmoqda

22:15 07 Yanvar 2021 Dunyo
1770 0

Buyuk Britaniyaning Milliy fizika laboratoriyasi olimlarining aytishicha, sayyora aholisini soʻnggi 50 yil ichidagi eng qisqa yil kutmoqda.

“Bu Yerning tezroq aylana boshlagani bilan bogʻliq”, deb xabar bermoqda “The Telegraph”.

Taʼkidlanishicha, astronomlar tezlashish jarayonini oʻtgan yilning iyul oyidan buyon qayd etib kelishmoqda. Shu sababli, kun endi odatdagidan 0,5 millisoniyaga kamroq davom etadi.

Maʼlum qilinishicha, hozirda butun dunyo fiziklari sayyora aylanishining tezlashishi bilan quyosh kunlarining taqvimdagi kunlardan qisqaroq boʻlishi bois tarixda birinchi marotaba “salbiy qoʻshimcha soniya”ni joriy etish kerak yoki yoʻqligini muhokama qilishmoqda.

Qayd etilishicha, Quyosh va Yer vaqtini tenglashtirish uchun har bir necha yilda bir marta atom soatlari moslashtirib turilgan. Oʻshanda qoʻlda bir soniya qoʻshilgan va buning natijasi oʻlaroq 1970-yillardan boshlab Yer vaqtiga 27 soniya qoʻshilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер