Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

15:32 16 Noyabr 2023 Jamiyat
168 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.R. fuqarolar N.X va I.Ch.ga 4 000 AQSH dollarini 49,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.R. fuqaro A.A.dan 4 200 AQSH dollarini 51,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Olot tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan F.B. 3 500 AQSH dollarini fuqaro D.Ya.ga 43 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер