Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.N. (muqaddam sudlangan) 5 000 AQSH dollarini fuqaro X.M.ga 58,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan X.Yo., R.R. va Gʻ.P. fuqaro D.X.ga 4 100 AQSH dollarini 47,7 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 4 858 AQSH dollari, 5 000 Rossiya rubli va 22,9 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Norin tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.S. fuqaro A.J.ga 3 300 AQSH dollarini 38,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring