Vadim Abramov ham kechirildi

16:58 25 Iyun 2018 Sport
2345 0

O‘zbekiston terma jamoasi, “Neftchi” va “Lokomotiv” jamoalari sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramovga futbolga aloqador faoliyat bilan yana shug‘ullanish imkoniyati berildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Vadim Abramov bu borada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga murojaat bilan chiqqandi. Tashkilot Ijroqo‘mi uning arizasini o‘rganib chiqdi hamda Vadim Abramovga murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berdi.

«Mazkur mutaxassis mamlakat futboli uchun salmoqli mehnat qilgan. U erishgan natijalar hurmatga loyiq. Shu bilan birgalikda Vadim Abramov ham futbolchilar, murabbiylar va mutaxassislarni hurmat qilishi lozim.

Murabbiylar, klublar rahbarlari bitta jihatni to‘g‘ri tushunib olishi kerak. Bundan buyon futbol bedarvoza bo‘lmaydi. Har bir ish, har bir hatti-harakatning javobi bo‘lmog‘i lozim. Hozirda ham buni anglab yetmayotgan va o‘z holicha ish olib borayotgan kishilar oramizda bo‘lishi mumkin. Kimdir futbolga gard yuqtirmoqchi bo‘lsa, unga oramizda joy yo‘q. O‘z ishini bilib, professional tarzda ado etish istagida bo‘lgan, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan kadrlar uchun esa barcha eshiklar ochiq», deyiladi O‘FA bayonotida.

Shuningdek, O‘FA Vadim Abramovning kelgusi faoliyatiga omad tilagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер