Vabo epidemiyasi Suriyada 41 kishining oʻlimiga sabab boʻldi
Foto: Illustrativ surat
Shu yilning oʻtgan davrida dunyoning 27 mamlakatida vabo kasalligi qayd etilib, koʻplab bemorlar hayotdan koʻz yumgani haqida xabar bergandik.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi hisobotida bu borada vaziyat yanada jiddiy tus olayotgani maʼlum qilindi. Xususan, epidemiya Suriyada avj olmoqda. Laboratoriya tekshiruvlari va ekspress-testlar natijalariga koʻra, bu yerda vaboga chalinganlar soni 757 nafarga yetgan.
Eng yomoni, kasallik 41 nafar kishini hayotdan olib ketdi. Ulardan 34 nafari Halab viloyatida yashagan bemorlar edi. Shuningdek, Dayr-az-Zor, Al-Hasek, Raqqa, Latakiya va Damashqda oʻlim holatlari kuzatilgan.
Olib borilgan tekshiruvlardan soʻng muz tayyorlanadigan korxona va oqova suv tarkibida vabo namunalari topildi. Buning sababi Furot daryosi suvidan foydalanilgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring