V Islom birdamlik oʻyinlariga Konya mezbonlik qiladi
V Islom birdamlik oʻyinlari 2021-yilning 10-19-sentyabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turkiyaning sport va yoshlar masalalari boʻyicha vaziri Mehmet Muharrem Kasapoʻgʻlu maʼlum qildi.
Uning aytishicha, ushbu yirik sport tadbirini avvaliga 2021-yilning 20-29-avgust kunlarida oʻtkazish rejalashtirilgan edi. Biroq Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazish vaqti oʻzgargani sababli tadbirni kechiktirishga toʻgʻri keldi. Vazir Tokiodagi Olimpiada va Islom birdamlik oʻyinlarining bir vaqtga toʻgʻri kelishi sport federatsiyalari va sportchilar uchun noqulaylik keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.
“Biz tayyorgarlikni qizgʻin davom ettirmoqdamiz. Ishonchim komilki, Islom birdamlik oʻyinlarini boshqa hamkorlar bilan birga yuqori darajada oʻtkazishning uddasidan chiqamiz”, – dedi u.
Eslatib oʻtamiz, IV Islom birdamlik oʻyinlari 2017-yilning mayida Boku shahrida boʻlib oʻtgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring