Uzcard javobgarlikka tortilishi mumkin

23:08 28 Iyun 2020 Jamiyat
961 0

Soʻnggi vaqtlarda “Yagona umum respublika protsessing markazi” MCHJ (Uzcard brendi ostida bank plastik kartochkalari emitatsiya qiladi) tomonidan banklardagi onlayn-omonatlar uchun yana toʻlov olishni boshlagani haqida xabar jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqargan edi. 

Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bozorda ustun mavqega ega boʻlgan “Yagona umum respublika protsessing markazi” MCHJ MCHJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiyasini oʻrnatilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganish boʻyicha harakatlarni boshlagan edi va ayni paytda oʻz ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Keltirilishicha, bugungi kunga kelib “Yagona umum respublika protsessing markazi” MCHJdan Qoʻmita tomonidan soʻralgan tegishli maʼlumotlar toʻliq berilmagani sababli, oʻrganish muddatini choʻzilishiga sabab boʻlmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, “Yagona umum respublika protsessing markazi” MCHJ tomonidan soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektning maʼmuriyati maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер