UzCard hamon ishlamayapti. YAUPM esa pullarning xavfsizligi haqida bayonot bermoqda

Yagona umumrespublika protsessing markazi tizimida 2018 yil 15 sentyabri, kechki soat 18:52 da texnik nosozlik kuzatilishi natijasida UzCard toʻlov tizimi ishlamay qolgandi.
Oradan 44 soat vaqt oʻtib ham, tizim hamon ishlamayapti. Markaz tizim ishlamayotgan boʻlsada, mijozlarning puli xavfsiz saqlanayotgani haqida bayonot berdi.
“Markazimiz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda. Mobil toʻlov tizimlari pul mablagʻlariga tegishli maʼlumotni taqdim eta olmayapti. Pul mablagʻlariga tegishli barcha maʼlumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi markaz maʼmuriyati bayonotida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring