“Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining oltinchi tur bellashuvlari oʻtkazildi
Toshkentdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur boʻyicha “Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining oltinchi tur bellashuvlari oʻtkazildi. Bu galgi bahslarda Qozogʻiston va Belarus mamlakatlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar ham oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.
Qayd etish joiz, turnir kelasi yil oʻtkaziladigan nufuzli musobaqalar oldidan asosiy terma jamoaga nomzod sportchilarni saralab olish, iqtidorli yoshlarni koʻzdan kechirish imkoniyatini taqdim qildi.
Bellashuvlar yakunida Ibrohim Yoʻldoshev (“Elfakiya” laqabli otda) “F”, Firdavsbek Davronbekov (“Bakarbono Dji”) “C”, Alisher Erkinov (“Amri Maxaradj”) “E”, Oqil Sobirjonov (“Sidney Djekson”) “D”, Humoyun Abdullayev (“London Boy”) “V”, Sergey Antonovich (“Kuasar”) “A” toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring