“Uzbekistan Airways” bepul bagaj aksiyasi muddatini uzaytirdi

11:19 01 Dekabr 2021 Jamiyat
647 0

“Uzbekistan Airways” Oʻzbekistondan Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun bepul bagaj maxsus aksiyasini joriy yilning 10-dekabrgacha uzaytirilganini maʼlum qildi.

2021-yil 10-dekabrgacha boʻlgan aviaqatnovlarda quyidagi bagaj miqdorlari, aviachiptada koʻrsatilgan meʼyordan qatʼi nazar hech qanday qoʻshimcha toʻlovsiz qabul qilinadi:

— Toshkent yoki Urganchdan Istanbulgacha va ortga ekonom klassda 40 kg.gacha, biznes-klassda esa 50 kg.gacha bepul bagaj;

— Fargʻonadan Istanbulgacha va ortga ekonom klassda 35 kg.gacha bepul bagaj.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер