Usmon Alimov Sherobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

11:39 02 Noyabr 2023 Jamiyat
324 0

Alimov Usmon Ibrohimovich Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U.Alimov 2019-yildan buyon Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Zaynobiddin Xalilov sogʻligʻi tufayli oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер