Urush yana kamida ikki oy davom etadi — Isroil mudofaa vaziri
Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant payshanba kuni Isroil va HAMAS hozir kelishib olgan garovga olinganlar va asirlarni almashish boʻyicha sulh qisqa muddatli boʻlishini, oldinda kamida yana ikki oylik urush borligini taʼkidladi. “Bu qisqa muddatli boʻladi, shundan soʻng shiddatli janglar davom etadi va biz koʻproq garovga olinganlarni qaytarish uchun dushmanga bosim oʻtkazamiz. Yana kamida ikki oylik janglar kutilmoqda”, — deya payshanba kuni Isroil mudofaa vazirining dengiz maxsus kuchlari bazasiga tashrifi chogʻida aytgan soʻzlarini keltiradi Haaretz gazetasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring