Urgut tumanida “Gentra” yuk transport vositasining tirkamasiga borib urildi

18:06 11 May 2025 Jamiyat
316 0

Samarqand viloyati Urgut tumanida »Gentra» rusumli mashina yuk transport vositasining tirkamasiga borib urildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xabar qildi.

Unga koʻra, 2025-yil 10-may kuni soat 21:00 atrofida Urgut tumani Nisbot MFY hududidan oʻtuvchi 4R-47 avtomobil yoʻlining oʻng chetki qismidagi yuk transport vositasining tirkamasiga shu yoʻnalish boʻylab harakatlanib kelayotgan “Gentra” mashinasi tezlikni meʼyoridan oshirib rul boshqaruvini yoʻqotishi natijasida rul boshqaruvini yoʻqotib, tirkamaning orqa chap tomoniga kelib urilib YTH sodir etgan.

Maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida hech kimga tan jarohatlari yetmagan va vafot etganlar yoʻq.

Holat yuzasidan Urgut tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер