Urganchda chiyaboʻrilar yurgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi (+video)

11:37 28 Iyun 2025 Jamiyat
311 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumanida shoqol (chiyaboʻri)lar yurgani aytilgan videotasvirlar keng tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, ushbu hudud Urganch tumani, Chandirqiyot qishlogʻi, “Baqaylar” mahallasi boʻlib, ayni vaqtda chiyaboʻrilarni hurkitish ishlari boshlab yuborilgan.

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq muhofaza qilish choralarini koʻrish hamda inson xoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazilishini oldini olish maqsadida havaskor ovchilar guruhi shakllantirilib, hurkitish ishlari olib borilmoqda», – deyiladi boshqarma munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер