Urganch — Xiva — Urganch yoʻnalishida trolleybuslar harakati vaqtincha toʻxtatilgani yuzasidan bayonot berildi
Xorazm viloyati hokimligi Trolleybus boshqarmasiga qarashli yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida tegishli taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi hamda elektr energiyasi boʻyicha yuzaga kelgan muammolar sababli joriy yilning 20-noyabridan Urganch – Xiva – Urganch yoʻnalishida harakatlanuvchi trolleybuslar harakati vaqtincha toʻxtatilgan.
Hozirda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli ishlarni olib bormoqda.
Trolleybuslar harakati vaqtincha toʻxtatilishi sababli viloyat transport boshqarmasi tomonidan Urganch – Xiva – Urganch yoʻnalishi boʻyicha vaqtincha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Hozirda ushbu yoʻnalishda “Yangiariqtrans” MCHJdan 4 ta avtobus va “Avtotrans Xorazm” MCHJdan 4 ta avtobus jami 8 ta harakat tarkibi Urganch – Xiva – Urganch yoʻnalishida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring