“Unicorns” loyihasida 25 ta startap moliyalashtirildi
Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan Andijon shahridagi “Raqamli shahar”da “Unicorns ” loyihasining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur loyiha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 21-22-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ularning eng yaxshi startap loyihalarini amalga oshirish uchun 2 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi haqidagi koʻrsatmasiga binoan amalga oshirildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi vakillari, hamkor investorlar hamda akseleratsiya finalchilari ishtirok etdi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari loyihalarni 4 asosiy mezon, yaʼni loyihaning innovatsionligi, maqsadga muvofiqligi, jamoaviy salohiyat va ijtimoiy taʼsiri boʻyicha xolis baholadilar. Tanlab olingan 25 ta startaplar gʻoliblik uchun qizgʻin kurash olib bordi. Baholash natijalariga koʻra, 10 ta loyihaga 2 mln soʻmdan “Raqamli shahar”dan foydalanish uchun vaucherlar taqdim etildi. 10 ta loyihaga 40 mln soʻmdan begʻaraz grant ajratildi. Qolgan 5ta loyihaga ikki taraflama kelishuv asosida investitsiya kiritilishiga kelishib olindi.
Maʼlumot uchun: “ Unicorns” loyihasiga jami 466 ta loyihalardan arizalar kelib tushgan. Ulardan 215 tasi intervyu, 69 tasi akseleratsiya bosqichidan oʻtib, Demo day bosqichiga 25 ta startap taqdimot uchun saralab olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring