“Ummon” guruhi “O‘zbekkonsert” tomonidan qattiq ogohlantirildi
“Ummon” guruhi kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘irlamasdan efirga berganligi uchun “O‘zbekkonsert” tomonidan qattiq ogohlantirildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a’zolari tomonidan “Ummon” guruhining “Oq gulim” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan klipidagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi.
Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan efirga berilganligi “Ummon” guruhi ogohlantiriladi. Agar, ushbu holat quyidagi san’atkorda qayta takrorlansa, unga berilgan litsenziya muddatidan avval to‘xtatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring