Umida Omonova jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Foto: Shaxmat federatsiyasi
Gruziyaning Batumi shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqa bo‘lib o‘tdi. “Qizlar 18” guruhida ishtirok etgan Umida Omonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
11 turda 10 ochko jamg‘argan WFM Umida Omonova Rapid yo‘nalishida tengsiz deb topildi.
“Qizlar 08” guruhida ishtirok etgan Mumtozbegim Sobirova esa 8 ochko jamg‘arib, World Cadet & Youth Rapid Championships 2023 musobaqasining kumush medali sovrindori bo‘ldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring