“Ulugʻvor gumbazlar, simmetrik portallar, nozik naqqoshlik bezaklari”
“Euronews” telekanali Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bagʻishlangan, uning noyob meʼmoriy yechimlarini yorituvchi maxsus reportajni taqdim etdi.
Materialda Markaziy Osiyoning oʻrta asr meʼmoriy anʼanalari zamonaviy texnologiyalar bilan muloqotda qayta talqin etilgani aks ettirilgan. Ulugʻvor gumbazlar, simmetrik peshtoqlar, nafis naqshlar hamda hunarmandchilik sanʼati namunalari orqali ilm-maʼrifatga asoslangan islom sivilizatsiyasining ruhi namoyon etilgan.
Shuningdek, Markaz qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan boshlangani alohida taʼkidlangan.
“Loyiha uning shaxsiy eʼtibori va nazorati ostida amalga oshirildi, majmua meʼmoriy-badiiy konsepsiyasi esa Markaziy Osiyo oʻrta asr meʼmorlik dahosini qayta tiklashga qaratilgan boʻlib, Toshkentning tarixiy muhitiga uygʻun tarzda joylashtirilgan”, deyiladi “Euronews” reportajida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring