Ukrainada jang qilgan rossiyaliklar Yevropa Ittifoqiga kiritilmasligi mumkin

14:12 29 Yanvar 2026 Dunyo
413 0

Bugun, 29-yanvar kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda Ukrainadagi janglarda ishtirok etgan rossiyalik fuqarolarning Yevropa Ittifoqi hududiga kirishini taqiqlash masalasi muhokama qilinadi.

Bildirilishicha, mazkur tashabbus Estoniya tomonidan ilgari surilgan boʻlib, mamlakat rasmiylari ushbu taklifni jinoyatchilikning ortishi, xususan, ilgari sudlangan shaxslarning harbiy harakatlarda qatnashgani bilan izohlagan.

“Xavfni kamaytirishning eng samarali usullaridan biri Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgani isbotlangan shaxslarni imkon qadar keng miqyosda qora roʻyxatga kiritishdir”, — degan “Politico” nashri bilan suhbatlashgan diplomatik manbalardan biri.

Nashrning yana bir manbasiga koʻra, Yevropa mamlakatlari Estoniya tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan. Ammo koʻplab davlatlar bunday taqiqni amalda joriy etishda jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Sababi Ukrainadagi janglarda qatnashgan rossiyalik shaxslar roʻyxatini tuzish hamda yetarli dalillar yigʻish qiyinchilik tugʻdiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер