Ukraina va Rossiya halok boʻlgan askarlarning jasadlarini almashdi
Illyustrativ foto
Ukraina va Rossiya halok boʻlgan askarlarning jasadlarini almashdi, deb xabar bermoqda BILD nashri.
Maʼlum qilinishicha, Ukraina tomoni halok boʻlgan ming nafar askarlarning jasadini qabul qilib olgan. Mamlakat rasmiylari mazkur jasadlar almashinuvi jarayonida vositachilik qilgani uchun Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasiga minnatdorlik bildirgan.
Rossiyalik muzokarachi Vladimir Medinskiyning taʼkidlashicha, Moskva Kiyevga topshirgan ming nafar jasad evaziga 38 nafar rossiyalik askarning jasadlarini qaytarib olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring