Ukraina politsiyasi kiberfiribgarlar toʻdasini qoʻlga oldi
Ukraina milliy politsiyasining xabar berishicha, joriy yilning 31-avgust kuni chet el fuqarolariga oʻzlarini bank xodimi sifatida tanishtirib, aloqa oʻrnatgan jinoiy guruh aniqlanib, qoʻlga olingan.
Guruh tomonidan soxta veb-sayt va kriptobirjalar yaratish orqali xorijiy mamlakatlar fuqarolarini internet orqali aldab, bank kartalari maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, pullarini oʻzlashtirib kelganligi maʼlum boʻlgan.
Firibgarlik amalga oshirilgan joy koʻzdan kechirilganda:
— Bank tashkiloti zarur boʻlgan yuqori texnologiyali uskunalar;
— Mobil aloqa operatorlari texnologiyalari bilan jihozlangan “Call” markazi;
— Soxta veb-saytlarni yaratish uchun kompyuter va serverlar;
— Bank kartalari va kriptohamyonlar aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring