Ukraina kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun Gʻarbdan yordam soʻramoqda

00:17 09 Mart 2024 Dunyo
412 0

Illyustrativ foto

Ukraina hukumati kiberxavfsizlik va kiberbardoshlikni taʼminlash uchun xalqaro yordamni jalb qilish boʻyicha idoralararo guruh tuzdi. Bu haqda Ukraina Vazirlar Mahkamasining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk maʼlum qildi.

“Davlatning kiberxavfsizligi va kiberbardoshligini taʼminlash uchun xalqaro yordamni jalb qilish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzildi”, — deydi Melnichuk.

Uning soʻzlariga koʻra, shu maqsadda mazkur masala boʻyicha idoralararo ishchi guruh va uning tarkibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер