Ukraina chegarasida oʻzbekistonlik fuqarolar avtohalokatga uchradi, bir kishi vafot etgan

14:53 05 Mart 2022 Siyosat
1449 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi maʼlum qilishicha, oʻzbekistonlik uch nafar fuqaro (uchalasi ham 2001-yilda tugʻilgan) Polsha chegarasiga kiraverishda avtohalokatga uchragan. Oqibatda Hakimov Otabek voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi Lvovdagi shahar kasalxonasiga yuborilgan.

“Hakimov Otabekning yaqinlariga hamdardlik bildirgan holda, jabrlangan vatandoshlarning barcha qarindoshlari va yaqinlarini ishontirib aytamizki, elchixona ularning hayotini saqlab qolish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshiradi”,— deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona Otabek Hakimovning jasadini oʻzbek anʼanalariga muvofiq mumkin boʻlgan eng tez vaqtda oʻz vataniga joʻnatish boʻyicha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi.

“Shu bilan birga, biz bu masalani hal qilish mamlakatda olib borilayotgan harbiy harakatlar va ommaviy evakuatsiya tufayli murakkablashayotganini tushunishingizni soʻraymiz”, — deyiladi murojaatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер