Ukraina boʻyicha Starmer — Makron koalitsiyasi Tramp tufayli “barbod boʻlgani” aytilmoqda

13:05 10 Aprel 2025 Dunyo
437 0

Foto: Reuters

Fransiya va Buyuk Britaniya boshchiligidagi Ukrainaga qoʻshin yuborish boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” AQSHning pozitsiyasi tufayli “barbod boʻlgan” boʻlishi mumkin.

“Bloomberg” agentligining yozishicha, koalitsiya Oq uydan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish boʻyicha qatʼiy majburiyatlarni ololmagan.

Manbaga koʻra, Buyuk Britaniya va Fransiya AQSH prezidenti Donald Trampni askar joʻnatish oʻrniga havo kuchlari, chegara nazorati va razvedka xizmatlarini yuborishga koʻndirmoqchi boʻlgan. Biroq Oq uy rahbari ikki oy oldin, yaʼni reja taqdim etilganidan beri bunday majburiyatlarni olishdan bosh tortgan.

Agentlik, shuningdek, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning Qoʻshma Shtatlar oʻz kafolatlarini berishi kerakligi haqidagi soʻzlarini eslatib oʻtdi, chunki bu Rossiyani tutib turishning yagona yoʻli.

Shu yilning 8-aprel kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Ukrainaga yordam berishga tayyor “koʻngillilar koalitsiyasi”ning navbatdagi yigʻilishini eʼlon qildi. U, bugun, 10-aprelga rejalashtirilgan. Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Yevropa davlatlaridan tinchlikparvar kuchlarni jangovar hududga yuborish ehtimoli boʻladi.

Ukraina hududiga tinchlikparvarlik missiyasi doirasida “koʻngillilar koalitsiyasi” kuchlarini joylashtirishning aniq vaqti, shuningdek, qoʻshinlar soni hozircha nomaʼlum. Kir Starmerning aniqlik kiritishicha, hozirda koʻplab variantlar koʻrib chiqilmoqda, biroq hozircha kelishuv yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер