Uxandagi qurilmalar Toshkentga olib kelindi
Toshkent xalqaro aeroportida Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi KTEA – oʻpka kasalliklarini davolash uchun elektron apparatlardan iborat 4 jamlanmani kutib oldi.
Bu qurilmalar Uxan shahrida koronavirusning ogʻir koʻrinishlarini davolashda yuqori samara bergan edi. Bu haqda Milliy palata matbuot xizmati xabar berdi.
Innovatsion qurilma Oʻzbekistonga Milliy palata va Pekinning “Bei Jing Hong Tian Li Fhamaceutical Co.Ltd” kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlik doirasida yetkazib kelindi. Ulardan bemorlarni davolash uchun bepul foydalaniladi.
Xitoyning Hayot va sogʻliqni saqlash uyushmasi direktori oʻrinbosari Chen Xinpingning soʻzlariga koʻra, Bugungi kunda Pekin shahridagi aksariyat shifoxonalar ham KTEA qurilmalari bilan jihozlangan.
Xitoylik mutaxassislar bu qurilmadan foydalanish va davolash usullari toʻgʻrisida barcha maʼlumotlarni taqdim etdi. Bu oʻzbekistonlik shifokorlarning innovatsion usuldan tezkor va samarali foydalanishida qoʻl keladi.
Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi raisi R.Izamovning taʼkidlashicha, “WeChat” ijtimoiy tarmogʻida xitoylik mutaxassislar ishtirokida onlayn-konsultatsiyalar tashkil etib boriladi. Bu KTEA uskunasidan samarali foydalanishda amaliy yordam koʻrsatishga qoʻshimcha imkondir.
OʻzA
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring