Uyqu rejimini buzuvchi 3 ta odat
Birinchisi, ishdagi vazifalarni uyga olib kelish. Koʻp odamlar yotish vaqtida telefonlaridan ish xatlariga javob berishadi. Bu uyquga yomon taʼsir qiladi. Gadjetlarning moviy ekrani uyqu gormoni melatonin ishlab chiqarishga xalaqit beradi.
Ikkinchisi, koʻp miqdorda kofein ichish. Qahva meʼyorida ichilsa foydali. U xotirani va eʼtiborni yaxshilaydi. Biroq, kofein dori hisoblanadi. Agar qahva kechki payt ichilsa, uyquga taʼsir qilishi mumkin.
Uchinchisi, uyqu rejimiga rioya qilmaslik. Uxlayotganimizda tana hujayralari tiklanadi. Uyqu rejimiga rioya qilinsa, jarayon yana-da samaraliroq boʻladi. Uyqu paytida mushak toʻqimalari tiklanadi, miyada turli jarayonlar sodir boʻladi. Xotira mustahkamlanadi, neyronlar orasidagi aloqalar mustahkamlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring