Uychida iqtisodiy bankrot fabrika negizida yangi korxona ish boshladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Namangan viloyati Uychi tumanida iqtisodiy tanazzulga uchrab, bir necha yildan buyon faoliyat koʻrsatmayotgan yigiruv-toʻquv fabrikasi negizida yangi eksportchi korxona ish boshladi. “Barkasteks” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu korxonani tashkil etishga 63 milliard soʻm sarmoya yoʻnaltirilib, Germaniya va Turkiya davlatlaridan zamonaviy texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi.
Ayni paytda bu yerda yiliga 15 ming tonna paxtani qayta ishlash va 6,2 ming tonna momiq sochiqlar tayyorlash quvvati yaratildi. Shu bilan birga tumandagi 300 nafar yoshlar va ayollar muqim ish joyi hamda daromad manbaiga ega boʻldi.
Yangi tekstil korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 70 foizi, yaʼni 10 million AQSH dollariga teng qismi Xitoy va Turkiya davlatlariga eksport qilinadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring