Uy olishda tanishning nima keragi bor?

16:13 29 May 2020 Jamiyat
990 0

Buxoro shahrida 27-may kuni shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlinmasidan tushgan hujjatlarga koʻra, 2019-yil oktyabr oyida Mirdoʻstim koʻchasidagi uyda yashovchi S.Yu. Qorakoʻl tumani, “Doʻrmon” mahallasida yashovchi A.M.ga Buxoro shahar, A.Somiy koʻchasida yangi qurilayotgan uylardan birini olib berishda yordam berishini vaʼda qiladi.

Buning evaziga firibgarlik yoʻli bilan qorakoʻllik fuqarodan 9 500 AQSH dollarini oladi. Unga yordam berish u yoqda tursin, olgan pullarini hammasini oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi. Vaʼdabozdan muruvvat kutishdan charchagan fuqaro ichki ishlarga holat yuzasidan qonuniy chora koʻrishlikni soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Amalga oshirilgan tezkor qidiruv tadbirlar natijasida ichki ishlar xodimlari S.Yu. ni qoʻlga oladi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер