Uy ichida qulflanib qolgan bola qutqarib qolindi
Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani “Yangi hayot” MFY Oʻyingoh koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning xonadonlaridan birida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat FVBning qisqa 1050 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 3 yoshli bolasi qolib ketganligini bildirib, tashvishlanib murojaat qilgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolajonni onasiga sogʻ-salomat topshirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring