“Uddaburon” tadbirkorning faoliyatiga chek qoʻyildi

10:01 19 Fevral 2019 Jamiyat
1079 0

Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari muntazam oʻtkazilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar berdi.

Oʻtkazilayotgan shunday nazorat tadbirlarida tegishli hujjatsiz faoliyat yuritayotgan ayrim fuqarolarning noqonuniy faoliyati fosh etilmoqda. Jumladan, viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tashkil etilgan nazorat tadbirida fuqaro O.D davlat roʻyxatidan oʻtmasdan chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlandi.

-Afsuski daromad olishga aqli yetgan, ammo faoliyatini qonuniylashtirmagan uddaburon “tadbirkor”lar hamon uchrab turibdi,-deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi Salim Mamatqulov.- Fuqaroga faoliyatini qonuniylashtirish boʻyicha huquqiy maslahat berildi. Uning 9 turdagi, jami qiymati 72 290 000 soʻmlik pishiriq va shirinliklar uchun moʻljallangan qutilari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер