Uchtepada sodir boʻlgan portlashda 2 kishi vafot etgan, 4 kishi shifoxonada
Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 14-mart kuni soat 11:40 larda Uchtepa tumani “Choʻpon ota” MFY hududida joylashgan “Aksava” MCHJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchasi 2 ta boksining derazasi va devorlari qisman qulash sodir boʻlgan.
Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, holatning kelib chiqishiga kislorod yoki gaz ballonining yorilishi sabab boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Buning oqibatida, 1 nafar fuqaro voqea joyida va 1 nafari kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan. Hozircha vafot etganlar shaxsi nomaʼlum. Shifoxonaga yotqizilganlarning ahvoli haqida ayni paytda maʼlumot yoʻq.
Ayni vaqtda hodisa sodir boʻlgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur holatning kelib chiqish sabablari yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring