Uchtepa tumanida tadbirkorning 460,8 mln soʻmlik mulkini oʻzlashtirgan menejer aniqlandi
Illustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.B.” MCHJ sobiq menejeri S.S. korxonaning turli markadagi beton maxsulotlarini naqd pulga sotib, sotuvdan tushgan 460,8 mln soʻmni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab talon-toroj qilganligi va ushbu mablagʻlar hisobidan “Spark” rusumli avtotransport vositasini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring