«Uchma» aholisiga nasldor qoʻylar tarqatildi

21:28 20 Iyul 2022 Jamiyat
764 0

Foto: Illustrativ surat

Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlash, oʻzini oʻzi band qilish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish, tomorqa dehqonchiligi, chorvachilik, parrandachilik, bogʻdorchilik va hunarmandchilikni yoʻlga qoʻyib, rivojlantirishda fuqarolarga har tomonlama koʻmak berish ishlari tizimli olib borilmoqda. Biroq baʼzan ijtimoiy tarmoqlarda ayrim joylarda fuqarolarga chorva yoki parranda tarqatishdagi koʻzboʻyamachiliklar yoxud “mendan ketguncha-egasiga yetguncha” qabilidagi tutumlarga oid tanqidlarga ham duch kelayotganimiz bor gap. Jizzax viloyati Forish tumani «Uchma» mahalla fuqarolar yigʻinida esa bu borada ibratga loyiq ish qilinyapti.

— Mahalla aholisi daromadini oshirish, ishsiz fuqarolarni band qilish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ijrosi taʼminlanyapti, — deydi «Uchma» MFY hokim yordamchisi Behzod Ixtiyorov. —  Mahalladagi bir guruh ishsiz xotin-qizlar imtiyozli kreditlar evaziga tikuvchilik kasbiga yoʻnaltirilib, bandligi taʼminlanayotgan boʻlsa, aholining asosiy qismi mayda tuyoqni koʻpaytirishga qiziqish bildirmoqda.

Ayni kunlarda togʻlar bagʻrida joylashgan ushbu mahalladagi 50 ta oilaga imtiyozli kredit hisobiga Qirgʻizistondan Respublikasidan 10 boshdan, jami 500 bosh nasldor qoʻylar olib kelinib, tarqatildi. Endi qoʻylarni parvarishlab, koʻpaytirish va shu orqali daromad topish – bu oʻsha oila vakillarining azmu ahdiga, harakatiga, qunt va tajribasiga bogʻliq.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер