Uch toifa aholining 16 yoshga toʻlmagan bolalari uchun 500 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam puli ajratiladi — Prezident qarori
Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra 2020-yilning sentyabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
- moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalariga;
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalariga;
- nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalarga.
Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga toʻlmagan bola uchun 500 ming soʻm etib belgilandi.
Bundan tashqari, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining rahbar, pedagogik va boshqa (yordamchi) xodimlarini markazlashgan tartibda 2020-yil 1-oktyabrga qadar grippga qarshi emlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring