“Twitter” xodimi foydalanuvchilar maʼlumotlarini sotgan
Foto: Illustrativ foto
“Twitter”ning sobiq xodimi Axmad Abuammo foydalanuvchilarning maʼlumotlarini Saudiya Arabistoni hukumatiga sotishda ayblanib 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Abuammo 200 000 AQSH dollari va 42 000 AQSH dollarlik qimmatbaho “Hublot” soati evaziga Saudiya Arabistoni Qirollik oilasiga qaratilgan xabarlar egalari maʼlumotlarini taqdim etib borgan.
Jazo muddati 2023-yil 31-martdan boshlab hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring