Tursunali Mamajonov vafot etdi
Bugun, 28-iyul kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Tursunali Mamajonov 1949-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.
U Fargʻona viloyati hayvonot bogʻi tashabbuskori, faxriy ekolog boʻlgan.
Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar koʻrsatib kelgan. 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring