Turkmanistonga JSST missiyasi kelmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 5 nafardan iborat ekspertlar guruhi Turkmanistonga tashrif buyurmoqda.
Tashkilotning mintaqaviy direktori Hans Klyuge «Tvitter»dagi sahifasida Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahridan Ashxobodga charter reys amalga oshirayotgan samolyot suratini joylashtirgan.
JSST missiyasi Turkmanistonda 10 kun davomida boʻladi, bu muddat davomida mahalliy maʼmurlar bilan koronavirus epidemiyasiga tayyorgarlikning turli jihatlari boʻyicha ish olib borish rejalashtirilgan. Delegatsiya tarkibida epidemiologiya va jamoat sogʻligʻini saqlash sohalari vakillari boʻlgan 5 nafar xalqaro ekspertlar oʻrin olgan.
Tashkilot rasmiysi Katrin Smolvud ushbu mamlakatda virus kirib kelishining oldini olishga qaratilgan choralar koʻrilganini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, Turkmaniston Markaziy Osiyoda koronavirus rasman aniqlanmagan yagona davlat hisoblanadi. Bungacha JSST mutaxassislarining ushbu mamlakatga tashrifi bir necha marta qoldirilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring