Turkmanistonda prezidentlik saylovi boʻlib oʻtmoqda
Foto: РиаНовости
Turkmanistonda bugun ertalab soat 7.00 da 2577 ta (qiyos: Oʻzbekiston Prezidenti saylovida 10760 ta saylov uchastkasi faoliyat koʻrsatgan) saylov uchastkasi oʻz ishini boshladi. Davlat rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylov oʻtkazilmoqda.
Gurbanguli Berdimuhamedovning vakolat muddati 2024-yilgacha belgilangandi. Mamlakatdagi eng yuqori lavozimni egallash uchun 9 nomzod daʼvogar. Ular orasida amaldagi prezidentning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov ham bor.
Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil fevral oyi oʻrtalarida “yoshlarga yoʻl ochib berish lozimligi”ni taʼkidlagandi. Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi yetakchi saylovdan keyin parlament yuqori palatasi rahbarligida qolish niyatini bildirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring