Turkmaniston Prezidenti Samarqandga keldi
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15-sentyabr kuni mamlakatimizga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturida Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring