Turkmaniston prezidenti koronavirus sababli boshqa uyga koʻchib oʻtdi

17:07 15 May 2020 Dunyo
1978 0

Foto: sng.today

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ota-onasiga koronavirus yuqtirmaslik uchun boshqa joyga koʻchib oʻtdi. Berdimuhamedov kasal emas, shunchaki, oʻzini izolyatsiya qilishga qaror qildi, deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Turkmaniston COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilmagan sanoqli davlatlardan biri.

Shuning uchun ham davlat rahbari ham yaqinlarini, ham oʻzini xavfli infeksiyadan saqlash uchun ulardan uzoqroqda boʻlishga qaror qilgan. Prezidentning yangi qarorgohi Minish qishlogʻida joylashgan boʻlib, u yaqinda qurilgan.

Prezident bilan yangi uyga oshpaz, qoʻriqchi va xizmatchilar koʻchib oʻtishgan. Uning ota-onasi esa gʻarbroqda, Firuzda qolgan. Hozirda ular karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilyapti.

Shuningdek, Berdimuhamedov vazirlar bilan ham videoaloqa orqali muloqot qila boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер