Turkiyadagi zilzila qurbonlari 20 mingdan oshdi
Foto: Arxiv surat
Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) maʼlum qilishicha, mamlakat janubida sodir boʻlgan zilzila oqibatida halok boʻlganlar 20 318 nafarga, jarohatlanganlar esa 80 088 kishiga yetgan.
Bundan tashqari, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6,5 mingga yaqin inshootlar vayron boʻlgani aniqlangan.
Rasmiylarning bildirishicha, zilzila oqibatida Turkiya janubiy viloyatlarida 13 mlndan ortiq odam jabr koʻrgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring