Turkiyada mamlakatning yadroviy poygaga qoʻshilish ehtimoli istisno etilmadi

20:26 10 Fevral 2026 Dunyo
612 0

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning aytishicha, agar mintaqadagi boshqa davlatlar yadroviy qurolga ega boʻlsa, Turkiya ham majburiy ravishda yadroviy poygaga qoʻshilishiga toʻgʻri kelishi mumkin. Uning soʻzlarini “Kommersant” nashri keltirdi.

Fidan Turkiyaning yadroviy qurolga ega boʻlish istagi bor-yoʻqligi haqidagi savolga toʻgʻridan-toʻgʻri javob bermadi.

“Bu masalani umumiy strategik vaziyat kontekstida koʻrib chiqish kerak. Rostini aytganda, mintaqada hozirgi kuchlar muvozanatini buzishi mumkin boʻlgan keskin oʻzgarishlarni koʻrishni istamaymiz. Masalan, Eron bilan muammoli munosabatlarga ega davlatlar yadroviy qurolga ega boʻlishga intiladi. Bunday sharoitda biz ham ehtimol, ixtiyorsiz ravishda bu poygaga qoʻshilib qolishimiz mumkin”, — dedi vazir.

Shu bilan birga, Turkiya tashqi ishlar vaziri yadroviy qurolga ega boʻlish “jiddiy xavf va xatarlarni olib kelishi”ni, shu sababli bunday ssenariy “maqbul emas”ligini ham taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер