Turkiyada «Made in Uzbekistan» koʻrgazmasi tashkil etiladi

12:08 13 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
1036 0

Turk ishbilarmon doiralarini keng turdagi oʻzbek mahsulotlari bilan tanishtirish, shuningdek, oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan boʻlajak turk mijozlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish maqsadida Turkiyaning yirik shaharlarida «Made in Uzbekistan» tarmoqlar koʻrgazmasi tashkil etiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush 12-noyabr kuni Istanbul shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga doir dolzarb vazifalarni ko’rib chiqdi.

Jumladan, uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim hamda Elektron tijorat sohasidagi bitimni ishlab chiqish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, ikki mamlakat bozorlariga xaridorgir oʻzbek va turk mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер