Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 30 mingdan oshdi
Foto: РИА Новости
Turkiya sogʻliqni saqlash vazirligi 6-aprel kuni kechqurun koronavirusga chalinganlar soni 30 217 nafarga yetganini maʼlum qildi.
Koronavirus oqibatida 649 kishi vafot etgan bemorlardan 1326 nafari tuzalgan. Infeksiyani aniqlash uchun sogʻliqni saqlash muassasalarida jami 202 845 kishida test oʻtkazilgan.
Turk hukumati koronavirus kengroq tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator cheklovlarni joriy etgan, xususan, 65 yoshdan kattalar va 20 yoshdan kichiklarning koʻchaga chiqishi taqiqlab qoʻyildi. Himoya niqoblari aholiga bepul tarqatilyapti.
Mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan koronavirusga chalinganlarni davolash uchun Istanbulning Sanjaktepa mavzesida va Ataturk nomidagi sobiq aeroport hududida ikkita kasalxona qurilishini va ular 45 kundan keyin foydalanishga topshirilishini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring