Turkiyada “Buxoro” nomli masjid ochildi

15:20 13 Aprel 2026 Jamiyat
315 0

Foto: “Dunyo”

Turkiyaning Xatay viloyatida Oʻzbekiston tomoni ishtirokida qurilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, masjidga Turkiyaning murakkab davrlardan birida oʻzbek xalqi koʻrsatgan begʻaraz yordami va birdamligi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida “Buxoro” nomi berilgan.

Inshoot 3200ga yaqin xonadonni oʻz ichiga olgan yirik turar-joy massivining markazida joylashgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 500 kishini oʻz ichiga sigʻdira oladi. Bino zamonaviy arxitektura, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi.

Mazkur loyiha ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va gumanitar hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер