Turkiyada bugundan istirohat bogʻlari va restoranlar ochildi
Turkiyada koronavirus tarqalishini toʻxtatish uchun joriy qilingan cheklovlar sekinlik bilan bekor qilinmoqda.
Bu mamlakatda 1-iyundan boshlab restoranlar, kafelar, istirohat bogʻlari, sport zallari, suzish havzalari, sohillar, muzeylar, kutubxonalar ochildi hamda shaharlararo harakatlanishga qoʻyilgan taqiqlar olib tashlandi.
Shuningdek, bolalar bogʻchalari va keksa hamda nogironlarga koʻmak berish markazlarining faoliyatiga ham ruxsat berilgan.
Mamlakatda mahalliy reyslarga ruxsat bergan Turkiya keyingi haftadan xalqaro reyslarni ham ochishni rejalashtirmoqda.
Ammo 18 yoshga toʻlmaganlar va 65 yoshdan oshganlar uchun cheklovlar saqlanib qolinadi.
Rasmiylar hozirda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat nazoratga olinganini aytishgan.
Turkiyada 163 942 nafar odam koronavirusga chalingan boʻlib, ularning 4540 nafari vafot etgan. 127 973 kishi tuzalgan, hozirda 31 429 kishi kasalxonalarda davolanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring