Turkiya tashqi ishlar vaziri: “Oʻzbekiston qovunlari — dunyoning eng shirin qovunlari”

20:59 14 Iyul 2021 Jamiyat
1479 0

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻli Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida boʻldi hamda hududning agroturizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Mahalliy qovun navlaridan tatib koʻrgan M.Chavushoʻgʻli ularning taʼmini yuqori baholadi.

“Hech ikkilanmay aytish mumkinki, Oʻzbekiston qovunlari - dunyoning eng shirin qovunlari!”, - dedi turkiyalik yuqori martabali mehmon.

Oltiariq tumanidan soʻng Turkiya tashqi ishlar vaziri yaqindagina Turkiy kengash davlatlarining turizm poytaxti deya eʼlon qilingan Qoʻqon shahri tomon yoʻl oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер