Turkiya Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

16:39 15 Sentyabr 2022 Siyosat
731 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 15-sentyabr kuni Samarqandga keldi.

Aeroportda uni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasiga kelib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gul qoʻydi.

Turkiya yetakchisining tashrifi dasturida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер